Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan Toşkent davlat şarqşunoslik universiteti rektori tabrigi
Aziz va qadrli talabalarim!
Sizlarni 17-noyabr – Xalqaro talabalar kuni bilan çin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!
Bugun Yangi Özbekiston taraqqiyotining yuqori bosqiçida yoşlarning bilim olişi, salohiyatini röyobga çiqarişi, ilm-fan va innovatsiyalar sohasida öz örnini topişi uçun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Mamlakatimiz kelajagi, uning xalqaro maydondagi nufuzi va raqobatbardoşligi, avvalo, zamonaviy bilim va yuksak intellektual salohiyatga ega, mustaqil fikrlaydigan, taşabbuskor va vatanparvar yoşlar bilan çambarças boğliq.
Yoşlarning bilim olişi, kasb-hunar egallaşi va öz salohiyatini tölaqonli röyobga çiqarişi davlat siyosatining eng ustuvor yönalişiga aylangan. Xususan, «Yoşlarga oid davlat siyosati töğrisida»gi qonun va sohaga oid qator farmon va qarorlar yoş avlodning huquq va manfaatlarini işonçli himoya qiliş, ularning taşabbuslarini amalga oşiriş uçun mustahkam huquqiy zamin yaratdi.
Quvonarlisi, bugun universitetimiz nafaqat bilim maskani, balki çinakam innovatsiyalar va startaplar generatoriga aylanib bormoqda. Yurtimizda talabalarning Start-up loyihalarini qöllab-quvvatlaş tizimi yangi bosqiçga kötarildi. Oliy ta’lim muassasalari qoşidagi inkubatsiya va akseleratsiya markazlari, yoşlar texnoparklari, «Bölajak olim» va «Eng innovatsion ğoya» kabi grant tanlovlari, şuningdek, «Yoşlar Ventures» vençur fondi orqali moliyalaştiriş mexanizmlari siz yoşlarning eng dadil ğoyalaringizni real biznes va ilmiy işlanmalarga aylantirişga xizmat qilmoqda.
Mamlakatimizda «Yangi Özbekiston yoşlari- 2030» strategiyasining tadbiq etilişi adabiyot, san’at, dizayn, raqamli kontent va madaniyat yönalişlarida ijod qilayotgan yoşlarimiz uçun yangi ufqlarni oçdi. Toşkent davlat şarqşunoslik universitetida faoliyat yuritayotgan ijodiy tögaraklar, talabalar teatr studiyalari, adabiy klublar hamda iqtidorli yoşlar uçun joriy etilgan maxsus stipendiya va tanlovlar sizlarning ma’naviy olamingizni boyitiş va iste’dodingizni yuzaga çiqarişga qaratilgan. Toşkent davlat şarqşunoslik universiteti ana şu ezgu maqsadlar yölida zamonaviy bilimlarni puxta egallagan, xorijiy tillarni mukammal biladigan, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni teran anglaydigan, xalqaro miqyosda raqobatbardoş yetuk şarqşunos mutaxassislarni tarbiyalaşga alohida e’tibor qaratib kelmoqda.
Sizlar — Uçinçi Renessans bunyodkorlari, yurtimizning ertangi kuni va umidisiz. Yaratilayotgan bunday keng imkoniyatlardan unumli foydalanib, zamonaviy ilm-fan, xorijiy tillar va raqamli texnologiyalarni çuqur egallaşingizga, öz ğoyalaringiz bilan nafaqat universitetimiz, balki butun Özbekiston şarafini xalqaro maydonlarda munosib himoya qilişingizga işonaman.
Sizlarning ilmiy izlanişlaringiz, erişayotgan yutuqlaringiz hamda universitetimiz hayotidagi faol taşabbuslaringiz barçamiz uçun faxr va iftixor manbaidir. Işonamanki, har biringiz kelgusida öz bilimi, salohiyati va fidokorona mehnati bilan mamlakatimiz ravnaqiga, Özbekistonning xalqaro aloqalarini mustahkamlaşga munosib hissa qöşasiz.
Aziz yoşlar! Sizlarga berilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalaning, doimo izlanişda böling, oldingizga yuksak maqsadlar qöying va ularga erişiş yölida qat’iyat bilan harakat qiling. Unutmang, bugun egallayotgan bilimingiz va orttirayotgan tajribangiz ertangi muvaffaqiyatlaringizning mustahkam poydevoridir.
Bayramingiz muborak bölsin, aziz talabalar!
Fursatdan foydalanib, barçangizga mustahkam soğliq, ilm yölida ulkan zafarlar, yangi marralar, bitmas-tuganmas ğayrat va şijoat tilayman. Orzu va intilişlaringiz röyobga çiqsin, kelajagingiz doimo yorqin bölsin!
Hurmat bilan,
Toşkent davlat şarqşunoslik universiteti rektori, professor
Nasirova Saodat Abdullayevna