“Xitoyda sug’diylar” (arxeologik yodgorliklar asosida) mavzusidagi ma’ruza
2019-yilning 4-noyabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik instituti “Tarix va falsafa” fakultetida ushbu institutning “Markaziy Osiyo xalqlari tarixi va manbashunosligi” kafedrasini bitirib, hozirgi kunda Xitoy Xalq Respublikasidagi Madaniy yodgorliklar institutining Arxeologiya yo’nalishida 3-bosqich doktoranti bo’lib tahsil olayotgan Hamdamov Suhrob “Xitoyda sug’diylar” (arxeologik yodgorliklar asosida) mavzusida “Tarix va falsafa” fakultetining 2-bosqich talabalariga ma’ruza qildi.