Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“Xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash” hamda “Sharq qizlarining odobi” mavzularida davra suhbati

14.10.2019, 18:03 Yangiliklar 2282

2019-yil 14-oktabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik institutining Oybek binosida Toshkent shahar Mirobod tumani “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi rahbari Hakimova Yoqutxon To‘laganovna ishtirokida “Xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash” (Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha beshta tashabbusning beshinchisi asosida) masalasi yuzasidan davra suhbati uyushtirildi. Tadbirda TDSHI xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Shirin Zaynutdinova, Ma’naviyat bo‘limi boshlig‘i Nazokat Jo‘rayeva, Koreyashunoslik fakulteti dekani Shoira Usmanova, Koreyashunoslik fakulteti tarbiyaviy ishlar bo‘yicha dekan muovini Jasur Ismoilov, fakultet professor-o‘qituvchilari va talaba qizlar ishtirok etishdi. Uchrashuv chog‘ida markaz rahbari Y. Hakimova bugungi kunda xotin-qizlarning jamiyatda tutgan o‘rni, ularni ish bilan ta’minlanishi, qo‘shimcha ish joylari yaratish, gender tengligi, masalalari haqida so‘zlab berdi.   Shuningdek, tadbirda Sharq qizlarining odobi, qizlarning oiladagi o‘rni, ularni katta hayotga tayyorlash va ma’naviy-axloqiy sifatlarini yuksaltirish kabi dolzarb mavzularga ham e’tibor qaratildi. Suhbat davomida talaba qizlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

photo_2019-10-14_17-57-26 photo_2019-10-14_17-57-23 photo_2019-10-14_17-57-19 photo_2019-10-14_17-57-15 photo_2019-10-14_17-57-10 photo_2019-10-14_17-57-08 photo_2019-10-14_17-56-53 photo_2019-10-14_17-57-11