Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Yevropa fondlarida saqlanayotgan turkiy qoʻlyozmalar maʼlumotlar bazasi yaratiladi

08.11.2021, 10:01 Uncategorized 2623

2021-2022-yillarda amalga oshiriladigan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlariga kiritiladigan amaliy loyiha boʻyicha Yevropa fondlarida saqlanayotgan turkiy qoʻlyozmalar maʼlumotlar bazasi yaratiladi. Ushbu ulkan ilmiy vazifani Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti vakili Rixsitilla Alimuxamedov tashabbusi bilan amalga oshiriladi.

Maʼlumot uchun: Yevropa fondlarida saqlanayotgan, Oʻzbekistonda mavjud boʻlmagan turkiy qoʻlyozmalarning maʼlumotlar bazasi va “Euroturcologika.uz” elektron platformasi yaratiladi. Universitetimiz olimi R. Alimuxamedovning ushbu loyihasi gʻolib deb topilib, qariyb 1 mln 400 ming soʻmga loyiq koʻrilgan.

Universitetimiz olimi, filologiya fanlari doktori, dotsent, “Mumtoz filologiya va adabiy manbashunoslik” kafedrasi mudiri ALIMUHAMEDOV RIXSITILLA ABDURASHIDOVICHni ulkan yutuq bilan muborakbod etamiz. Ilmiy faoliyatlarida zafarlar tilaymiz!