Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“Yong‘in xavfsizligini oldini olish choralari” hamda “Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilik masalalari va ularning salbiy oqibatlari” mavzusida tadbir

19.10.2017, 17:33 Yangiliklar 3560

2017-yil 18-noyabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik institutida Toshkent shahar IIB Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi hodimlari ishtirokida profilaktik tadbir o‘tkazildi. Mazkur kun tartibi “Yong‘in xavfsizligini oldini olish choralari” hamda “Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilik masalalari va ularning salbiy oqibatlari” mavzusiga bag‘ishlandi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi Yong‘in xavfsizligi Bosh boshqarmasi podpolkovnigi Ramz Arslanov, Toshkent shahar IIB Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi XTB boshlig‘i, podpolkovnik Sanjar Qosimov hamda Mirobod tumani Yong‘in xavfsizligi bo‘limi vakili, polkovnik Begali Jo‘rayevlar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.
Tadbir so‘nggida ishtirokchilar bilan o‘zaro savol-javoblar o‘tkazildi, talabalarning yong‘in xavfsizlik qoidalariga amal qilish borasidagi bilimlari mustahkamlandi. Kelgusida ham targ‘ibot-tushuntirish ishlarini tashkil etish bo‘yicha ishlarni birgalikda davom ettirishga kelishib olindi.

photo_2017-10-19_17-19-41 photo_2017-10-19_17-19-52 photo_2017-10-19_17-20-00 photo_2017-10-19_17-20-03 photo_2017-10-19_17-20-06 photo_2017-10-19_15-05-30