YOSH OLIMLAR KENGASHIning navbatdagi Ilmiy seminari
2018–yil 27–oktabrda Toshkent davlat sharqshunoslik institutida YOSH OLIMLAR KENGASHIning navbatdagi Ilmiy seminari o‘tkazildi. Unda “Turkiy tillar” kafedrasi mustaqil izlanuvchisi Aziza ABIDRASHEVA “Роль метафоры в трактовке экономических реалий в группе терминов “Para” (деньги) в современном турецком языке” mavzuida hamda “Tarjima nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi tayanch doktoranti Xusniya ZIKRULLAYEVA “Иноязычные элементы в научно-технических текстах” mavzuida ma’ruza qildi.
Shuningdek, TDSHI matbuot kotibi Nigora MAXAMASOBIROVA “Yevropa Oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik: Erasmus+ loyihalari” bo‘yicha Turkiyaga qilgan ilmiy safari xususida hisobot berdi.