Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Chet ellik talabalar uchun

ON-LINE QABUL

VIDEO

 

2024/2025-OQUV YILIDA TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETI BAKALAVRIATINING KUNDUZGI TALIM SHAKLI BOYICHA OQISHGA QABUL QILISH PARAMETRLARINING TALIM YONALISHLARI VA OQITISH TILLARI BOYICHA TAQSIMLANISHI

 

  Shifr Ta’lim yo‘nalishi Ta’lim tili
O‘zbek tili Rus tili
1 60110900 Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili +  
2 60220300 Tarix + +
3 60220500 Falsafa + +
4 60220600 Antropologiya va etnologiya +  
5 60230100 Filologiya va tillarni o’qitish: arab tili +  
6 60230100 Filologiya va tillarni o‘qitish: dariy tili +  
7 60230100 Filologiya va tillarni o‘qitish: indonez tili +  
8 60230100 Filologiya va tillarni o‘qitish: koreys tili + +
9 60230100 Filologiya va tillarni o‘qitish: turk tili + +
10 60230100 Filologiya va tillarni o‘qitish: urdu tili +  
11 60230100 Filologiya va tillarni o‘qitish: fors tili + +
12 60230100 Filologiya va tillarni o‘qitish: xitoy tili + +
13 60230100 Filologiya va tillarni o‘qitish: hind tili +  
14 60230100 Filologiya va tillarni o‘qitish: yapon tili + +
15 60230200 Tarjima nazariyasi va amaliyoti: koreys tili +  
16 60230200 Tarjima nazariyasi va amaliyoti: turk tili +  
17 60230400 Kompyuter lingvistikasi +  
18 60310200 Xalqaro munosabatlar + +
19 60310300 Psixologiya +  
20 60320100 Jurnalistika +  
21 60410100 Iqtisodiyot + +
22 60410800 Menejment +  
23 60411100 Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar + +
24 61010100 Turizm va mehmondo’stlik + +

 

2024/2025-O‘QUV YILIDA TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETI BAKALAVRIATINING SIRTQI TA’LIM SHAKLI BO‘YICHA O‘QISHGA QABUL QILISH PARAMETRLARINING TA’LIM YO‘NALISHLARI VA O‘QITISH TILLARI BO‘YICHA TAQSIMLANISHI

 

  Shifr Ta’lim yo‘nalishi Ta’lim tili
O‘zbek tili Rus tili
1 60220300 Tarix + +
2 60220500 Falsafa + +
3 60220600 Antropologiya va etnologiya +  
4 60310200 Xalqaro munosabatlar + +
5 60310300 Psixologiya +  
6 60320100 Jurnalistika +  
7 60410100 Iqtisodiyot + +
8 60410800 Menejment +  
9 60411100 Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar + +
10 61010100 Turizm va mehmondo’stlik + +

 

 

2023/2024-O‘QUV YILIDA TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETIMAGISTRATURASI BO‘YIChA O‘QISHGA QABUL QILISh PARAMETRLARINING MUTAXASSISLIKLAR VA O‘QITISH TILLARI BO‘YICHA
TAQSIMLANISHI

 

 

  Shifr Mutaxassisliklar Ta’lim tili
O‘zbek tili Rus tili
1 70110901 Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili +  
2 70220301 Tarix + +
3 70220302 Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari + +
4 70220502 Sharq falsafasi va madaniyati +  
5 70220503 Tasavvuf germenevtikasi +  
6 70220601 Etnografiya, etnologiya va antropologiya +  
7 70230101 Lingvistika: arab tili + +
8 70230101 Lingvistika: dariy tili +  
9 70230101 Lingvistika: koreys tili + +
10 70230101 Lingvistika: urdu tili +  
11 70230101 Lingvistika: fors tili +  
12 70230101 Lingvistika: xitoy tili + +
13 70230101 Lingvistika: hind tili +  
14 70230101 Lingvistika: yapon tili +  
15 70230104 Adabiyotshunoslik (arab tili) +  
16 70230104 Adabiyotshunoslik (turk tili) + +
17 70230104 Adabiyotshunoslik (fors tili) +  
18 70230104 Adabiyotshunoslik (hind tili) +  
19 70230104 Adabiyotshunoslik (dariy tili) +  
20 70230104 Adabiyotshunoslik (koreys tili) +  
21 70230105 Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik: arab tili +  
22 70230201 Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik: fors tili +  
23 70230201 Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik: turk tili +  
24 70230202 Sinxron tarjima: turk tili + +
25 70230202 Sinxron tarjima: xitoy tili +  
26 70230202 Sinxron tarjima: yapon tili +  
27 70230401 Kompyuter lingvistikasi +  
28 70310201 Xalqaro munosabatlar va zamonaviy siyosiy jarayonlar + +
29 70310203 Iqtisodiy diplomatiya + +
30 70310301 Psixologiya +  
31 70320101 Jurnalistika +  
32 70410108 Mintaqaviy iqtisodiyot + +
33 70411102 Tashqi iqtisodiy faoliyat + +
34 70420103 Xalqaro huquq + +
35 71010101 Turizm va mehmondo’stlik + +

 

 

Hujjatlar ro‘yxati va ularni topshirish muddati

  1. Hujjatlar 2024-yilning 5-iyunidan 30-iyuliga qadar qabul qilinadi.
  2. Hujjatlar universitet saytining online platformasi orqali topshiriladi (www.tsuos.uz).
  3. Pasportning skaner varianti (PDF shaklida).
  4. Sertifikat/guvohnoma, diplom hamda uning ilovasidagi o‘rganilgan fanlar baholari (ballar) rus yoki o‘zbek tillariga tarjimasining notarial tasdiqlangan skaner varianti topshiriladi. Magistratura uchun bakalavr diplomi hamda uning ilovasidagi o‘rganilgan fanlar baholari (ballar) rus yoki o‘zbek tillariga notarial tasdiqlangan tarjimasining skaner varianti topshiriladi (PDF shaklida).
  5. 3,5×4,5 o‘lchamli foto sur’at (JPEG shaklida).
  • Xorijiy fuqarolar uchun hujjatlarni qabul qilish muddatlari uzaytirilishi mumkin
  • (Bog‘lanish uchun Tel.raqamlar:  +99871 233 29 85, +99890 903 77 76) (Telegram: +99820 011 25 00)

Sertifikat/guvohnoma, diplom, shuningdek, magistratura uchun bakalavr diplomi hamda uning ilovasidagi o‘rganilgan fanlar baholari (ballar) rus yoki o‘zbek tillariga tarjimasining notarial tasdiqlangan asli universitetga o‘qishga qabul qilinganda o‘quv yili boshlanishidan oldin taqdim etiladi.

Universitetga o‘qishga qabul qilish tartibi

TDShUning bakalavriatda o‘qish istagini bildirgan chet el fuqarolari tanlagan ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha universitet qabul komissiyasi tomonidan suhbatdan o‘tadilar. Suhbat avgustning birinchi yoki ikkinchi o‘n kunligida onlayn tarzda rus yoki o‘zbek tillarida bo‘lib o‘tadi.

TDShU magistraturasida o‘qish istagini bildirgan chet el fuqarolari qabul komissiyasi tomonidan tanlagan mutaxassisligi bo‘yicha suhbatdan o‘tadilar. Suhbat avgust oyining ikkinchi o‘n kunligida onlayn tarzda rus yoki o‘zbek tillarida bo‘lib o‘tadi. 

To‘lov tartibi

  • Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida chet el fuqarolari tomonidan o‘qish uchun to‘lov milliy valyutada (o‘zbek so‘mida) amalga oshiriladi. To‘lovni har bir semestr uchun alohida amalga oshirish mumkin.
Ta’lim sohasi va yo‘nalishi Bakalvriat Magistratura
 O‘quv yiliga belgilangan narx 1 semestr 2 semestr O‘quv yiliga belgilangan narx 1 semestr 2 semestr
Filologiya

(tillar bo‘yicha)

20 000 000 10 000 000 10 000 000 25 000 000 12 500 000 12 500 000
Gumanitar yo‘nalish (Tarix, Falsafa, Jurnalistika) 20 000 000 10 000 000 10 000 000 25 000 000 12 500 000 12 500 000
Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti, Turizm 20 000 000 10 000 000 10 000 000 25 000 000 12 500 000 12 500 000
Siyosatshunoslik 20 000 000 10 000 000 10 000 000 25 000 000 12 500 000 12 500 000

Yashash sharoitlari

Xalqaro bo‘lim universitetning chet ellik talabalariga viza/ro‘yxatdan o‘tish uchun zarur hujjatlarni rasmiylashtirishda amaliy yordam beradi.

Stipendiya

Universitetda chet ellik talabalarga stipendiya taqdim etilmaydi.

Til o‘qitish kurslari

O‘zbek, rus va sharq tillarini o‘rganishni istagan chet el fuqarolari TDShU qoshidagi Til markazda kurslarga yozilishlari mumkin. Kurslarning davomiyligi 6 va 10 oy. O‘qish davri oxirida Til markazining talabalari sertifikatlarga ega bo‘ladilar.

Til kurslariga kirish uchun universitetning xalqaro hamkorlik bo‘limiga quyidagi hujjatlarni taqdim etish so‘raladi:

  1. til kurslariga qabul qilish uchun ariza;
  2. sertifikat/guvohnoma, diplom hamda uning ilovasidagi o‘rganilgan fanlar baholari (ballar) rus yoki o‘zbek tillariga tarjimasining notarial tasdiqlangan nusxasi;
  3. passport nusxasi;
  4. rezyume;
  5. 3,5×4,5 o‘lchamli 4 dona fotosur’at.

Til kurslari uchun to‘lov shartlari darslar soniga bog’liq.

 

24.06.2024, 12:18 32357