Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“Sharq mamlakatlarining raqamli iqtisodiyotga o’tish tajribasi: Imkoniyatlar va muammolar” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani bo’lib o’tdi.

10.04.2021, 12:39 Yangiliklar 2123

Mamlakatimizda ilm-fanni yanada ravnaq toptirish, yoshlarimizni chuqur bilim, yuksak ma’naviyat va madaniyat egasi etib tarbiyalash, raqobatbardosh iqtisodiyotni shakllantirish borasida dadil qadamlar tashlandi.

Zero, o‘tgan “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” O‘zbekiston hayotida global taraqqiyotga hamohang ravishda tarixiy burilish davri boshlanganini tasdiqladi.

Bugun, 10-aprel kuni TDSHUda “Sharq mamlakatlarining raqamli iqtisodiyotga o’tish tajribasi: Imkoniyatlar va muammolar” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani bo’lib o’tdi. Mazkur anjuman universitet rektori G.Rixsiyeva tomonidan ochib berildi. 

 Anjumanda yurtimizdagi oily ta’lim muassasalari rahbarlari va yana ko’plab soha vakillari  o’z ma’ruzalari bilan qatnashdilar.

Anjumanda raqamli iqtisodiyot shakllanishining ilmiy, nazariy va uslubiy asoslari, O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyot shakllanishi omillari, shart-sharoitlari va istiqbollari, Sharq mamlakatlarining raqamli iqtisodiyotga o‘tish tajribasi va undan O‘zbekistonda foydalanish imkoniyatlari, raqamli iqtisodiyot rivojlanishida axborot texnologiyalari va innovasiyalarning o‘rni va roli kabi masalalar muhokama qilindi.👇🏻

https://www.uza.uz/uz/posts/sharq-mamlakatlarining-raqamli-iqtisodiyotga-otish-tazhribasi-imkoniyat-va-muammolar_256675

 

AE77DC66-24B3-4154-99CC-196F009627B0

9C1E4D8E-A1A8-4DA3-8549-41E55E07EEE8

3F080C33-81FC-4E99-8EBC-B4EA8C3F0947

57ED7B76-3628-45EB-9E8B-182C770C2176

7174B483-F3AE-430A-98EF-886F98AC3AF8