Buyuk mutafakkirlar merosiga bag‘ishlangan intellektual bellashuv

2025-yil 11-fevral kuni TDSHUda soʻz mulkining sultoni Alisher Navoiy, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur hamda mashhur ijodkor Muhammad Rizo Ogahiy hayoti va ijodiga oid savollarni oʻz ichiga olgan “Ulugʻlar izidan” shiori ostida “Zakovat” intellektual oʻyini boʻlib oʻtdi.
Unda 20 dan ortiq jamoa ishtirok etib, buyuk mutafakkirlarning hayoti va ijodiga oid savollarga javob berdilar. Oʻyin qizgʻin bahslarga boy boʻlib, ishtirokchilar o‘z bilimi va zukkoligini namoyish etdilar. Tadbir yoshlarning bilimga bo‘lgan qiziqishini oshirish, buyuk allomalar merosini o‘rganishga rag‘batlantirish jihatidan muhim ahamiyat kasb etdi.