Hind tiliga bag‘ishlangan konferensiya
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti professori Ulfatxon Muhibova 2024-yilning 13-14-mart kunlari Hindiston elchixonasi taklifiga binoan Qozog‘istonning Al-Farobi universitetida tashkil etilgan “Yevroosiyo va Hindistonda hindi tilining buguni va istiqboli” mavzusidagi mintaqaviy konfereniyayada ishtirok etdi. Konferensiyada MDX davlatlari: Rossiya, Belorussiya, Armaniston, Ozarbayjon, Tojikiston hindshunoslari hamda Hindiston olimlari ishtirok etdilar. Konferensiyada asosan uch yo‘nalishda ma’ruzalar tinglandi – tilshunoslik, adabiyotshunoslik va til o‘qitish metodikasi. Ulfatxon Muxibova ushbu konferensiyada Adabiyotshunoslik sho‘basida raislik qildi va o‘zining “O‘rta asr hindi adabiyoti” mavzusidagi ma’ruzasi bilan ishtirok etdi. Konferensiyada hind mutaxassislarining yangi nashr etilgan kitoblarining taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi. Xalqaro konferensiya materiallari to‘plam sifatida nashr etildi va konferensiya ishtirokchilariga topshirildi.