TDSHUda kredit mobillik
Kredit mobillik doirasida Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining hamkor universitetlaridan biri Malaziyaning Sulton Idris pedagogika universitetidan 2 nafar talaba Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyo tillari kafedrasida 2 oy davomida pedagogik amaliyot oʻtash uchun tashrif buyurdilar. Malayziyalik talabalar TDSHUda oʻzbek talabalarga malay tilidan dars oʻtadilar va til koʻnikmalarini oshirishda talabalarimga oʻz yordamlarini beradilar. Ushbu mobillik Sulton Idris pedagogika universitetining rasmiy Facebook sahifasida ham e’lon qilindi.