Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Bo‘lajak olimlarni qo‘llab-quvvatlash: TDSHUda ochiq eshiklar kuni

2024-yil 30-mart kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “Ochiq eshiklar kuni” bo‘lib o‘tdi. Tadbirga Toshkent shahrining Sergeli, Bektemir, Yakkasaroy va Yunusobod tumanlari hamda Toshkent viloyatining Zangiota tumani maktablarining bitiruvchi sinf o‘quvchilari tashrif buyurdi.

Mazkur tadbir o‘quvchilarga universitet hayoti bilan yaqindan tanishish, ta’lim dasturlari va akademik imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot olish, shuningdek, kelajakdagi kasb tanlovi bo‘yicha yo‘l-yo‘riq olish imkoniyatini taqdim etdi.

Tashabbus doirasida ishtirokchilar ta’lim imkoniyatlari, ilmiy tadqiqotlar va xalqaro almashinuv dasturlari bilan tanishtirildi, bu esa yoshlarni oliy ta’limga jalb qilish hamda BMTning 4-maqsadi – Sifatli ta’limni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi. Mazkur tashabbus yoshlarni akademik yutuqlarga va professional rivojlanishga ilhomlantirishga qaratilgan.

1 3 2

06.03.2025, 11:00 36