Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

O‘zbek milliy taomlari va mehmondo‘stligi mavzusida “Sayyor dars”

2024-yil 18-aprel kuni TDSHUda faoliyat olib borayotgan xorijlik mutaxassislar hamda xalqaro stajyor-talabalar “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi mudiri Sh. Sodiqovaning uyiga tashrif buyurib, “O‘zbek milliy taomlari va mehmondo‘stligi” mavzusidagi “Sayyor dars”ida ishtirok etdilar.

Shirin Sodiqova va kafedraning faol professor-o‘qituvchilari xorijiy mehmonlarga o‘zbek milliy taomlarini tayyorlash bo‘yicha mahorat darsi o‘tib berdilar.

Mehmonlar somsa, lag‘mon va osh kabi an’anaviy o‘zbek taomlarini o‘z qo‘llari bilan tayyorlash imkoniyatiga ega bo‘ldilar. So‘ng, bir dasturxon atrofida jam bo‘lib, o‘zbek mehmondo‘stligi, an’analari va urf-odatlari haqida suhbat olib bordilar.

Ushbu tashabbus SDG 4 (Sifatli ta’lim) bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, an’anaviy darslardan tashqari amaliy o‘rganish imkoniyatlarini yaratadi. Ushbu madaniy almashinuv orqali xorijlik talabalar va mutaxassislar o‘zbek an’analari va gastronomik merosi haqida chuqurroq bilimga ega bo‘ldilar, shu bilan birga, xalqaro madaniy muloqot va o‘zaro o‘rganishni rivojlantirdilar. Bunday tashabbuslar inklyuziv va amaliy ta’limni rag‘batlantirib, ishtirokchilarning bilim va tajribalarini boyitadi.

1 2 3

06.03.2025, 11:11 46