UPSI va TDSHU hamkorligi natijalari
Kredit mobillik dasturi doirasida TDSHUning hamkor universitetlaridan biri – Malayziyaning Sultan Idris pedagogika universitetidan (UPSI) ikki nafar talaba Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyo tillari kafedrasida ikki oy davomida pedagogik amaliyot o‘tash uchun tashrif buyurdi. TDSHU tomonidan esa Qo‘ziboyeva Yulduz UPSIga amaliyot uchun jo‘nab ketdi. https://www.facebook.com/share/p/xnHNGQVYMKxgSuac/?mibextid=oFDknk
https://www.facebook.com/share/p/xsh5uf5XT6GBEbsN/?mibextid=oFDknk
Amaliyot davomida talabalar o‘qitish bo‘yicha amaliy tajriba orttiradi, akademik muhokamalarda ishtirok etadi hamda O‘zbekiston va Malayziyaning boy lingvistik va madaniy muhitiga tushadilar. Ushbu almashinuv dasturi xalqaro akademik hamkorlikni mustahkamlash va ikki universitet talabalari o‘rtasida madaniy anglashuvni oshirishga xizmat qiladi.