Sharq falsafasi va madaniyati kafedrasi
![]() |
PULATOVA DILDORA AKMALOVNA | |
Ilmiy darajasi va unvoni: | Falsafa fanlari nomzodi,professor | |
Lavozimi: | Kafedra mudiri | |
Qabul vaqtlari: | Har kuni (14:00-16:00) | |
Tel.: | +99871 256 75 87 | |
E-mail: | falsafa2009@mail.ru |
Kafedra tarixi
«Sharq falsafasi va madaniyati» kafedrasi Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti bilan tengdosh bo‘lib, uning tashkil etilishi tarixi universitet tarixi bilan chambarchas bog‘liq. Kafedra tashkil topgan 1991-yildan boshlab, bu yerda respublikamizda taniqli bo‘lgan faylasuf-olimlar, professor-o‘qituvchilar M.A.Axmedova (1994-2012), X.Aliqulov (1990-2011), R.M.Imomaliyeva (2003-2012), E.J.Boboyeva (2004-2012) faoliyat olib borganlar. Kafedrada 2001-yildan boshlab “Falsafa (Sharq falsafasi va madaniyati)” bakalavr ta’lim yo‘nalishi va 2005-yildan “Zamonaviy Sharq falsafasi va tarixi”, 2015-yildan “Sharq falsafasi va madaniyati” magistratura mutaxassisligi bo’yicha kadrlar tayorlash boshlandi. 2015-yil 20-sentyabrdan kafedra “Sharq falsafasi va madaniyati” deb nomlandi. Ayni paytda kafedrada 3 nafar fan doktori, professor, 3 nafar fan nomzodi, dotsent 1 nafar katta o’qituvchi, 3 nafar o’qituvchilar dars bermoqdalar. Etiborga loyiq jihati – yosh o’qituvchilarning kafedramiz bitiruvchilari ekanliklaridadir.
Kafedraga 1993-yildan falsafa fanlari doktori, professor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi M.A.Axmedova mudirlik qilgan, 2004-yil fevralidan boshlab esa falsafa fanlari nomzodi, professor, Oliy ta’lim a’lochisi D.A.Po‘latova rahbarlik qilib kelmoqda.
Sharq falsafasi va madaniyati bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va magistratura mutaxasisligi bitiruvchilari mamlalatimizdagi oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida, turli davlat va nodavlat tashkilotlarida mehnat qilmoqdalar; Vatanimizda, ayrimlari esa xorijdagi nufazli ta’lim muassasalarida o‘qishni davom ettirmoqdalar. Xususan, kafedraning Falsafa ta’lim yo‘nalishini tamomlab, Sharq falsafasi va madaniyati mutaxassisligi iqtidorli magistranti bo‘lgan Aziza Shonazarova xorijda o‘qishni davom ettirrib, 2019-yilda muvaffaqiyatli doctorlik dissertatsiyasini himoya qildi va AQSH Kolumbiya Universitetining proffesori etib saylandi, 2020-yila O‘zbekiston Prezidenti SH.M.Mirziyoyev tomonidan “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi. Bugungi kunda u TDSHU Sharq falsafasi va madaniyati kafedrasi bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda. O‘zbekistonning Nyu-Yorkdagi konsuli – Q.Dalimov ham Sharq falsafasi va madaniyati ta’lim yo‘nalishining bitiruvchisidir.
Kafedra bakalavriat ta’lim yo‘nalishi
5120800 – Sharq falsafasi va madaniyati;
2021-2022 o‘quv yilidan: 60220500 – Falsafa (Sharq falsafasi va madaniyati)
Kafedra magistratura mutaxasisligi
5A120801-Sharq falsafasi va madaniyati;
2020-2021 o‘quv yilidan: 70220502 – Sharq falsafasi va madaniyati
Kafedrada o‘qitiladigan fanlar
1– kurs 60220500– Falsafa (Sharq falsafasi va madaniyati) | |
Sharqshunoslikka kirish | |
Ontologiya | |
Bilish falsafasi va epistemologiya | |
4. | O‘zbekistondagi madaniy obidalar |
2– kurs barcha yo‘nalishlar uchun | |
5. | Falsafa (kechki) |
2– kurs 5120800 – Sharq falsafasi va madaniyati tarixi | |
6. | Sharq falsafasi va madaniyati tarixi |
7. | G‘arb falsafasi tarixi |
8. | Bilish falsafasi va epistemologiya |
9. | Din falsafasi |
10. | Madaniyat falsafasi va aksiologiya |
11. | Mantiq |
3–kurs 5120800 – Sharq falsafasi va madaniyati tarixi | |
12. | Sharq falsafasi va madaniyati tarixi |
13. | G‘arb falsafasi tarixi |
14. | Falsafa o‘qitish metodikasi |
15. | Axloq va nafosat falsafasi |
16. | Nutq madaniyati |
4-kurs 5120800 – Sharq falsafasi va madaniyati tarixi | |
17. | Fan falsafasi |
18. | Sharq falsafasi va madaniyati tarixi |
19. | Globallashuv jarayonlari va ma’naviy tahdidlar |
20. | Ijtimoiy falsafa |
21. | G‘oyalar falsafasi |
22. | Globallashuv sharoitida Sharq va G‘arb madaniyatlari muloqoti. |
70220502 – Sharq falsafasi va madaniyati 1–kurs magistratura mutaxassisligi | |
1. | Ilmiy tadqiqot metodologiyasi |
2. | Markaziy Osiyo xalqlarining tabiiy-ilmiy, ijtimoiy-falsafiy merosi |
3. | Yangi va eng yangi davr Sharq falsafasi |
4. | Zamonaviy G‘arb falsafasining muammolari va yo‘nalishlari |
5. | Globallashuv va milliy madaniyatlar rivoji |
6. | Falsafiy matn tarjimasi va amaliyoti
Sharq va G‘arb falsafasidagi antropologik muammolar |
5A120801 – Sharq falsafasi va madaniyati 2–kurs magistratura mutaxassisligi | |
7. | Markaziy Osiyo xalqlarining tabiiy-ilmiy, ijtimoiy-falsafiy merosi |
8. | Maxsus fanlarini o‘qitish metodikasi |
9. | Sharq va G‘arb falsafasidagi antropologik muammolar |
Kafedra professor-o‘qituvchilari:
- Po’latova Dildor Akmalovna- falsafa fanlari nomzodi, professor.
- Izzetova Emina Mustafaevna- falsafa fanlari doktori, dotsent.
- Ro‘zmatova Gulnoza Miraxrarovna-falsafa fanlari doktori, professor.
- Qodirov Muxammadjon- falsafa fanlari nomzodi, dotsent.
- Axmedova Sanam Djalalovna-falsafa fanlari nomzodi,katta o‘qituvchi.
- Sulaymonov Jasur Baxtiyorovich-katta o‘qituvchi.
- Ikromova Iroda Rixsibayevna -o‘qituvchi.
- Jurayev Sherali Soibnazar o’g’li-o‘qituvchi.
Kafedraning hamkor tashkilotlari:
- Ulug‘bek nomidagi Milliy universitet ijtimoiy fanlar fakulteti.
- O‘zRFA Abu Rayhon Bruniy nomidagi Sharqshunoslik institute.
- Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
- Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
- Toshkent temir yo‘llari muhandislik universiteti.
- Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti qoshidagi Yunusobod akademik litseyi.
- Chilonzor tumanidagi 202- o‘rta ta’lim maktabi.
- Uchtepa tumanidagi 193- o‘rta ta’lim maktabi.
Xalqaro hamkorlik:
- Rossiya hukumati qoshidagi Moliya universiteti, Ijtimoiy fanlar departamenti.
Kafedra professor-o‘qituvchilarining nashr ishlari
- Po‘latova D., Ruzmatova G. G‘arb falsafasi tarixi. Darslik. -T., 2021.
- Izzettova E.M.,Axmedova S.Dj. Sulaymonov J.va bosh. Falsafa o‘qitish metodikasi. -T., 2020.
- Po‘latova D. Qodirov M., Sulaymonov J.B. Sharq falsafasi va madaniyati tarixi. O‘quv qo‘llanma. 1-qism. -T., 2018.
- Po‘latova D.Koreys falsafasi. Monografiya. -T., 2018.
- Po‘latova D., Qodirov M., Ahmedova M., Sulaymonov J., Shozamonov Sh. Falsafa tarixi: Sharq falsafasi. -T., 2015.
- Nuritdinov M.N., Po‘latova D.A., Qodirov M., Fayzixodjaev D.E., Sulaymonov J.B. Yaqin va O‘rta Sharq xalqlari ijtimoiy-falsafiy fikrlari (VIII-XVIII asrlar). -T., 2014.
- Qodirov M. Nasriddin Tusiyning “Axloqi Nosiriy” asari va uning tahlili. -T., 2014.
- Po‘latova D.A., Sulaymonov J.B. Abu Zayd Abdurahmon Ibn Xaldun qarashlarida axloq masalalari. -T., 2014.
- Po‘latova D., Qodirov M., Ahmedova M., Abduhalimov A. Shozamonov Sh. Yangi va eng yangi davr Sharq falsafasi. -T., 2013.
- Po‘latova D., Fayzixo‘jayeva D. Mantiq. O‘quv qo‘llanma . -T., 2013.
- Po‘latova D., Ro‘zmatova G., Jalolova O‘. Axloqshunoslik. O‘quv qo‘llanma. -T., 2013.
- Pulatova D.A., Izzetova E.M. Filosofiya. -T., 2013.
- Izzettova E.M., Pulatova D.A. Filosofiya i metodologiya nauki. Uchebnoe posobie. -T., 2013.
- Po‘latova D., Rasuleva N., Sulaymonov J. Abduhalimov A. Ibn Miskavayhning axloqiy qarashlari. (“Tahzib-ul -axloq” va “Al-Hikmat al-xolida” asarlari asosida). -T., 2013.
- Axmedova S.Dj. Etika. Uchebnoe posobie. -T., 2011.
- Po‘latova D.A. Falsafa. Falsafa asoslarining mantiqan-tizimlashgan amaliy kursi. -T., 2011.
- Qodirov M. Markaziy Osiyo, Yaqin va O‘rta Sharqning falsafiy tafakkuri (o‘rta asrlar). -T., 2010.
- Falsafa. Ahmedova M.А. umumiy tahriri ostida. -T., 2006.
- Osnovi filosofii. // Axmedova M., Xan V. um.tahr. -T., 2004.
- Osnovi filosofii. // Axmedova M., Xan V. um.tahr. -T., 1998.
Kafedraning ilmiy yo‘nalishlari
- “Sharq falsafasining qadriyatlari va ularning O‘zbekiston ma’naviy hayotidagi o‘rni”.
- “Mir Sayid Sharif Jurjoniy(1339-1431) ning falsafiy qarashlari va mantiqiy ta’limoti”.
- “Ilmiy bilish usullari va bilimning haqqoniyligi muammolari”.
- “Ilmiy bilish va insonparvarlik ideallarining o‘zaro munosabati”.
- “Freydizmda inson muammosining falsafiy tahlili”.
- “Ibn Xaldunning “Muqaddima” asaridagi ijtimoiy-falsafiy g‘oyalar”.
- “Beruniy va F. Bekon gnoseologik qarashlarining qiyosiy tahlili”.
- “Mahatma Gandi dunyoqarashining falsafiy konseptual tahlili”.
- “Ibn Sinoning “Al-Ishorat va at-tanbehot” asaridagi borliq muammosining tahlili”.
Kafedraning ilmiy loyihalari
- 2009-2011 yillarda ITD-4-160 «Ta’lim tizimida Falsafa fanini o‘qitishning takomillashtirilgan o‘quv-metodik ta’minotini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish» mavzusidagi ilmiy-amaliy loyiha;
- 2012-2016 yillarda F-1-140 «Sharq falsafasi axloqiy qadriyatlari va ularning O‘zbekiston ma’naviy hayotidagi o‘rni (qo‘lyozmalar tarjimasi va tahlili asosida)» mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasi.
Fotolavhalar
If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: