Yangiliklar
TDSHU va XXR Shimoli-G‘arbiy universiteti ilmiy hamkorlik doirasida onlayn uchrashuv o‘tkazildi
26.03.2025, 17:14
2025-yil 26 – mart kuni TDSHU va XXRning Shimoli-G‘arbiy universiteti “Ipak yo‘li” ilmiy tadqiqot markazi bilan hamkorlik doirasida “Xitoy Markaziy Osiyo sammiti va Xitoy-O‘zbekiston aloqalarining yangi jabhalarini o‘rganish” hamda “Xitoydagi tarixiy manbalarda Markaziy Osiyo davlatlari – O‘zbekistonga oid ma’lumotlarni tadqiqi”ga oid ilmiy loyihalarni hamkorlikda amalga oshirish bo‘yi...
TDSHUda kitob taqdimoti
26.03.2025, 15:40
2025-yil 26-mart kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan yoshlr murabbiysi, filologiya fanlari doktori, professor Qosimjon Sodiqovning “Alisher Navoiy asarlarining tili (fonetika va morfologiya)” hamda “Qoraxoniylar davri turkiy yozma yodgorliklari tili” nomli kitoblari taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Tadbirda TDSHU rahbariyati, O‘zbekistonning yetakchi tilshuno...
TDSHUda Xitoy delegatsiyasi
26.03.2025, 13:37
2025-yil 26-mart kuni Beijing Capstone Education Consulting (BCEC) kompaniyasi vakillari TDSHUga tashrif buyurdi. Tashrif davomida Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasidagi ta’lim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, o‘qituvchilar almashinuvi, ikki tilli darsliklar yaratish, kasbiy ta’lim bo‘yicha qo‘shma dasturlar ishlab chiqish va ilmiy tadqiqotlar bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi....
“O‘zbek va xitoy talabalari bahori”
25.03.2025, 16:50
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti hamda Pekin til va madaniyat universiteti o‘rtasida talabalarning ko‘klam festivali doirasida 2025-yil 25-mart kuni “O‘ZBЕK VA XITOY TALABALARI BAHORI” madaniy -ma’rifiy tadbiri bo’lib o’tdi. Ushbu tadbirda TDSHU rektori Gulchehra Rixsiyeva hamda Pekin til va madaniyat universiteti san’atshunoslik instituti direktori janob Chjan Venchy...
TDSHUda fuqaro muhofazasi bo‘yicha o‘quv-taktik mashg‘ulotlar
25.03.2025, 13:32
2025-yil 15 -mart kunidan 15-aprel kunigacha Respublikamizda “Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi” e’lon qilingan. Shu munosabati bilan joriy yilning 25-mart kuni TDSHUda Mirobod tuman Favqulodda vaziyatlar bólimi inspektorlari bilan hamkorlikda fuqaro muhofazasi tuzilmalarining “Favqulodda vaziyatlarda tóģri harakatlanish” borasida óquv...
Kelajakka qadam loyihasi bo’yicha uchrashuv
25.03.2025, 13:22
2025-yil 25-mart kuni “Oʻzmilliybank” AJ vakili, “Kelajakka qadam” loyihasi kordinatori Sh.Erkinov ishtirokida TDSHU bitiruvchi kurs talabalari bilan uchrashuv oʻtkazildi. Tadbirda o‘z biznes g‘oyalarini amalga oshirish istagi bo‘lgan talabalarga biznes g‘oyani moliyalashtirish tartibi va imkoniyatlari haqida tushuntirish berildi. Shuningdek bank tomonidan tavsiya qilingan namunaviy loyihalar tan...
22-mart – Mirzo Ulug‘bek tavallud kuni
22.03.2025, 11:24
TDSHU jamoasi buyuk alloma, atoqli astronom va matematik Mirzo Ulug‘bek tavallud kuni munosabati bilan Mirzo Ulug‘bek xiyobonida joylashgan haykali poyiga gul qo‘yish marosimida ishtirok etdilar. Tadbir davomida ulug‘ allomaning ilm-fan rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi, uning merosi va tarixiy ahamiyati haqida so‘z yuritildi....
Talabalar uchun yangi imkoniyat!
20.03.2025, 12:25
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025- yil 14 -fevraldagi PQ-61-son qaroriga muvofiq, “O‘zmilliybank” AJ “Kelajakka qadam” markazi hamda “Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti” o‘rtasida hamkorlik kelishuvi imzolandi.
Bunda:
“O‘zmilliybank” AJ tomonidan universitet talabalarning biznes g‘oyalarini moliyalashtirish;
Bitiruvchi va quyi bosqich talabalari o‘rtasida sohala...
Hindistonda milliy qadriyatlarimiz namoyishi
20.03.2025, 12:23
Hindistonda milliy qadriyatlarimiz namoyishi va tanlov g‘olibi TDSHU talabalari. 205-yil 19-mart kuni Markaziy Hindiy tili institutida Madaniy tadbir bo’lib o’tdi. Ushbu tadbirda 20 dan ortiq xorijiy davlatlardan kelgan talabalar o’z madaniy dasturi bilan ishtirok etishdi. O’zbek milliy madaniy an’analarini o’zida jam etgan sahna ko’rinishini namoyish e...
Hindistonning Dehli universitetida “O‘zbekistonda etnoturizm – madaniyat va an’analar bo‘ylab sayohat” mavzusida ma’ruza qilindi
19.03.2025, 17:24
#SDG17 #turizm Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i Nodir Karimov, QS reytingida 328-o’rinda turuvchi Hindistonning Dehli universitetida “O‘zbekistonda etnoturizm – madaniyat va an’analar bo‘ylab sayohat” mavzusida ma’ruza qildi. Ma’ruza davomida yurtimizda etnoturizm rivoji, turizmga berilayotgan e’tibor va o‘ziga xos imkoniy...