Sustainable Development: The 5th International Forum on Inclusive Education and Women’s Initiatives
#Xalqaro_konferensiya
BMT Bosh Assambleyasi rezolyutsiyasiga koʻra, 2016- yildan beri 11- fevral kunini “Ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar xalqaro kuni” sifatida nishonlab kelinadi.
Mazkur sana munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, Respublika xotin-qizlar, oila va gender komissiyasi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, OʻzR Ichki ishlar vazirligi, Oila va xotin-qizlar qo’mitasi, Oʻzbekiston Volontyorlari assotsiatsiyasi, Erasmus+, O‘zbekistonning Britaniya kengashi, TDSHU huzuridagi Konfutsiy instituti va Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti hamkorligida 2025-yilning 15- fevral kuni “Barqaror taraqqiyot: inklyuziv ta’lim va xotin-qizlar tashabbuslari V xalqaro forumi” bo‘lib o‘tadi.