Planning and Finance Department
![]() |
Tashturdiyev Sardor Erkinovich | |
| Lavozimi: | Bo’lim boshlig’i | |
| Qabul vaqtlari: | Har kuni (14:00-16:00) | |
| Тел.: | +99871 236-31-69 | |
| E-mail: | Sardor_bekk@mail.ru | |
Moliya bo‘limining maqsadi:
- Bozor iqtisodiyoti sharoitida universitetning raqobatbardoshligini oshirishga, moliyaviy-iqtisodiy barqarorligini ta’minlash va yaxshilashga yordam berish maqsadida reja-moliya ishlarini olib borish.
Bo‘limning asosiy vazifalari:
- Universitetning umumiy talabalar sonidan kelib chiqqan holda universitet professor-o‘qituvchilari va xodimlarining shtatlar jadvallarini tuzish, Oliy ta‘lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Iqtisodiyot va moliya vazirligiga ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim etish va ro‘yxatdan o‘tgan shtatlar birligi jadvalini yuritish, ijrosini ta’minlash va nazorat qilish.
- Universitetning xarajatlar smetalarini ishlab chiqish va Oliy ta‘lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Iqtisodiyot va moliya vazirligiga ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim etish, ro‘yxatdan o‘tgan xarajatlar smetasi har oylik, choraklik va yillik ijrosini ta’minlash va nazorat qilish.
- Professor-o‘qituvchi va xodimlarni moddiy rag‘batlantirish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish.
- Universitet byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lari sarflanishini nazorat qilish.
- Universitet xodimlarining va talabalarining axborot bazasini va ularning monitoring tizimini yaratish.
- Universitetda olib borilayotgan ilmiy izlanishlarni moliyalashtirish ishlarini olib borish va ularning xarajatlar smetasini tuzish va ushbu xarajatlar smetasini tegishli vazirliklarda tasdiqdan o‘tkazish va ijrosini nazorat qilish.
- Universitetda tayyorlangan mutaxassislarning nazariy bilimlari kelajakda amaliy faoliyatlari bilan qanchalik muvofiq tushganligini o‘rganish maqsadida korxonalar, tashkilotlar va boshqa idoralar bilan uzviy aloqa o‘rnatish.
- Bozor talabidan kelib chiqib universitetda mutaxassislarni nazariy va amaliy jihatdan tayyorlashning tahlilini o‘tkazish, mutaxassislar tayyorlash sifatini va kadrlarga extiyojmandlar orasida TDShUning nufuzini oshirishga yo‘naltirilgan tadbirlar ishlab chiqish va uning amalga oshirilishini nazorat qilish.
- Xorijiy bo‘lim bilan birgalikda xorijiy investisiyalarni jalb qilish.
- Universitetning nizomi bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar doirasini uzluksiz kengaytirib borish.
