Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha BMI

BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 2015-yil 25-sentyabrda qabul qilingan “2030-yilgacha bo‘lgan davrda Barqaror rivojlanishning 17 maqsadlari” TDSHU da jadal ravishda amalga oshirilib kelinmoqda. Ikkinchi maqsad – “Ochlikka barham berish”, oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash, ovqatlanish ratsionini yaxshilash hamda agrar sohani barqaror rivojlantirishga ko‘maklashishga qaratilgan. 2023-yil 7-iyunda “Sharq mamlakatlari iqtisodiyoti” kafedrasi talabasi Shaxnazarova Sevara “Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda Misr Arab Respublikasi va BMT o‘rtasidagi hamkorlikning xususiyatlari” mavzusida bitiruv-malakaviy ishi doirasida Misrda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash hamda ushbu yo‘nalishda BMT bilan xamkorligi bo‘yicha olib borgan tadqiqot natijalarini himoyaga olib chiqdi. BMI natijasida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha bir qator taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

photo_2024-03-06_17-46-12

06.03.2024, 17:48 543