Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

SHARQ MADANIYATI VA MEROSINI TADQIQ ETISH ILMIY-TADQIQOT MARKAZI

15 Markaz direktori USMANOVA SHOIRA RUSTAMOVNA
Qabul vaqti: Payshanba kuni soat 14:00 dan soat 17:00 gacha
Tel: +998 90 348 10 05
e-mail: shoira_usmanova@tsuos.uz

 

Markazning vazifalari

Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari hisoblanadi:

– Sharq xalqlarining madaniyati, sharq tillaridagi adabiy, tarixiy, falsafiy manbalarni har tomonlama chuqur oʻrganishga yoʻnaltirilgan ilmiy tadqiqotlar olib borish hamda yurtimiz qadriyatlari va milliy madaniy merosimizni dunyo miqyosida targʻib etish, Sharq madaniyati va merosini tadqiq etish;

– Sharq madaniyati va merosi, qadimiy yodgorlik va qoʻlyozmalarni ilmiy jihatdan oʻrganish, mazkur yoʻnalishda ilmiy-pedagogik xodimlarni tayyorlash hamda mahalliy va xorijiy hamkorlar bilan birgalikda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish;

– Sharq xalqlarining madaniyati, sharq tillaridagi adabiy, tarixiy, falsafiy manbalarni har tomonlama chuqur oʻrganishga yoʻnaltirilgan ilmiy tadqiqotlar olib borish hamda yurtimiz qadriyatlari va milliy madaniy merosimizni dunyo miqyosida targʻib etish;

– Amir Temur, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Mahmud Zamaxshariy va boshqa buyuk ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan Sharq mamlakatlarining ijtimoiy-siyosiy hayoti, tili, madaniyati va tarixiga oid yozma manbalarni oʻrganish;

– Dunyo qoʻlyozma fondlari va arxivlaridagi mamlakatimiz tarixiga oid yozma yodgorliklar va tarixiy hujjatlar koʻlamini aniqlash, ularni oʻrganish, ilmiy-izohli nashrlarini tayyorlash, mamlakatimizdagi qoʻlyozma fondlari va muzeylarida saqlanayotgan arab, fors, turkiy tillardagi qoʻlyozma asarlar asosida ilmiy tadqiqot ishlarini yoʻlga qoʻyish;

– Sharq madaniyati va merosi, sharq tillari tarixi, adabiyoti, falsafasiga oid yozma yodgorliklar boʻyicha turli darajalarda ilmiy konferensiya, seminar va davra suhbatlari oʻtkazish;

– Qoʻlyozma asarlarining matnshunoslik tadqiqi va ilmiy tahlili asosida universitet bakalavrlik va magistrlik oʻquv rejalaridagi til, adabiyot, tarix va falsafa bilan bogʻliq kurslar oʻquv dasturlariga yozma yodgorliklar mazmun-mohiyatini singdirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish;

–Ilmiy seminarlar, davra suhbatlari va yozma yodgorliklarga bagʻishlangan turli ilmiy anjumanlar tashkil etish orqali oʻqituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar malakasini oshirib borish;

– Universitetda davlat ilmiy dasturlari doirasida bajariladigan yozma yodgorliklar va ularni oʻrganishga bagʻishlangan tadqiqot ishlarni oʻz vaqtida bajarilishini monitoring qilish va ijrosini taʼminlash;

– Markaz faoliyati bilan tanishtiruvchi materiallarni hamda soha boʻyicha erishilgan ilmiy natijalarni respublika va universitet nashrlarida muntazam chop etib borish;

– Ajdodlarimizdan qolgan yozma yodgorliklarga bagʻishlangan eng nufuzli ilmiy asarlarini oʻzbek tiliga oʻgirish ishlarini yoʻlga qoʻyish;

– Markaz ishiga yurtimiz va chet ellarda faoliyat olib borayotgan yozma yodgorliklar boʻyicha yetakchi sharqshunos olimlarni jalb qilish.

– Sharq xalqlarining madaniyati, sharq tillaridagi adabiy, tarixiy, falsafiy manbalarni tadqiq, tahlil eta oladigan sharqshunos mutaxassislarni yangi avlodini shakllantirishda faol ishtirok etish;

– Iqtidorli talabalar, magistrantlar, doktorantlar bilan birgalikda startap, innovatsion loyihalar ishlab chiqish, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy tadqiqot muassasalari bilan yaqin hamkorlik oʻrnatish, ilmiy seminarlar va loyihalar taqdimotlarini oʻtkazish.

Markaz unga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

– Universitet ilmiy tadqiqot ishlari hamda markazning ish rejasidan kelib chiqib, tadqiqot ishlarini amalga oshiradi;

– Sharq madaniyati va merosining dolzarb masalalari boʻyicha seminarlar, davra suhbatlari, konferensiyalar tashkil etadi;

– Universitetning va Markazining tasdiqlangan rejasi asosida tadqiqot natijalarini keng jamoatchilikka yetkazish uchun tahliliy maqolalar, tahliliy maʼruzalar tayyorlaydi;

– Xorijiy mutaxassislar bilan hamkorlikda oʻquv kurslarini, oʻquv adabiyotlarini tayyorlashda ishtirok etadi;

– Universitet maqsadi va vazifalariga zid kelmaydigan boshqa tahliliy loyihalarda ishtirok etadi;

– Markaz ishini tashkil etishga universitet professor-oʻqituvchilari, talabalari, tadqiqotchilari, magistrlarini, shuningdek, davlat boshqaruv organlarining xodimlari, tahliliy markazlarning, ilmiy muassasalarning vakillari, xorijiy davlatlarning mutaxassislarini jalb etadi;

– Yozma yodgorliklar, sharq tillari tarixi, adabiyoti, falsafasi, madaniyati boʻyicha amalga oshiriladigan bitiruv malakaviy ishlar, magistrlik va doktorlik dissertatsiyalari va turli ilmiy tadqiqotlar, tahliliy loyihalarni kafedralar bilan hamkorlikda muvofiqlashtiradi;

– Sharq xalqlari madaniyati, tili, adabiyoti, tarixi, falsafasi boʻyicha ilmiy tadqiqotlar oʻtkazishning ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish va tatbiq etish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;

– Sharq xalqlari madaniyati, tili, adabiyoti, tarixi, falsafasiga oid manbalarni chuqur oʻrganishga yoʻnaltirilgan ilmiy tadqiqotlar olib borish hamda yurtimiz qadriyatlari va milliy madaniy merosimizni dunyo miqyosida targʻib etadi;

– Sharq madaniyati va merosining turli yoʻnalishlari boʻyicha materiallar tayyorlaydi.

28.10.2024, 14:18 111