Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Talabalikka tavsiya etilgan qizlar qutlandi

06.10.2020, 14:27 Yangiliklar 2546

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020- yil 2-martdagi PF-5953-son Farmoniga muvofiq, 2020- yilning o‘zida Respublikamiz bo‘yicha 940 nafar qo‘shimcha kvota bo‘yicha davlat granti asosida xotin-qizlar talaba bo‘lishdek baxtga erishishdi. Mamlakatimizda xotin- qizlarni ijtimoiy himoya qilish, ularni ilmli, ziyoli, ma’rifatparvar bo‘lib shakllanishlari uchun 4 foizlik qo‘shimcha davlat granti ajratildi.
Ana shunday imkoniyatdan foydalangan qizlarning 16 nafari davlat granti asosida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talabasi baxtiga muyassar bo’lishdi.
Joriy yilning 5-oktabr kuni universitetimiz rektori va professor o’qituvchilar bilan birgalikda ushbu imtiyoz orqali talabalik maqomiga erishgan qizlarni tabriklash maqsadida Toshkent shahrida istiqomat qiladigan Zarnigor Abdusamatova, Zilola Adhamova, Gulfayruz Yo’ldosheva, Milana Yusupova xonadonlariga tashrif buyurildi. Tashrif davomida talaba bo’lgan qizlarga universitetda nashr etilgan kitoblar jamlanmasi hamda maxsus tabriknoma topshirildi va samimiy muborakbot etildi. Ularning kelgusi o‘qish va ishlariga ulkan zafarlar tilashdi.
“Prezidentimizga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman 5 yil deganda talaba bo’lish baxtiga muyassar bo’ldim,- deydi Z.Abdusamatova.- Men, albatta, ishonchingizni oqlashga, o‘z bilimlarim va qobiliyatlarimni ko‘rsatib, sidqidildan o‘qib, o‘zim tanlagan yo‘nalish bo‘yicha olimalik darajasiga erishishga va’da beraman. Ustozlarimizning tashrifi menga katta motivatsiya bo‘ldi. Rahmat, e’tibor uchun”,- dedi Zarnigor. Albatta bunday sharafga ega bo’lgan talaba qizlarimizning ota onalari ham o’z minnatdorchiliklarini izhor etishdi.

Простой Образ дня Фото Коллаж (1)