Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHUda “Navoiy va Bobur merosi: jahon tarixi va madaniyati ko‘zgusida” nomli ilmiy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o’tdi

18.02.2025, 17:21 Yangiliklar 263

2025-yil 18-fevral kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida buyuk allomalar Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag‘ishlangan “Navoiy va Bobur merosi: jahon tarixi va madaniyati ko‘zgusida” nomli ilmiy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

241A93851

Tadbirni TDSHU rektori, professor Gulchehra Rixsiyeva ochib berdi. Shuningdek, anjumanda Bobur xalqaro jamg‘armasi raisi Zikirjon Mashrabov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti direktori Olimjon Davlatov, Temuriylar tarixi muzeyi direktori Xurshid Fayziyev, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, t.f.d., professor Abdumajid Madraimov, Temuriylar tarixi muzeyi ilmiy xodimi, TDSHU doktoranti Botirali Yo‘ldoshev va boshqa yetuk olimlar ishtirok etdi.

241A93852

Ilmiy-ma’rifiy tadbir davomida Navoiy va Bobur ijodining jahon madaniyati va tarixidagi o‘rni, ularning boy merosini ilmiy nuqtai nazardan o‘rganish, asarlarini zamonaviy kontekstda tadqiq qilish masalalari muhokama qilindi. Tadbir doirasida “Yo‘lbars izidan” filmi taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi.

241A93853

241A93854

241A93855

241A93856

241A95111

241A9447

241A9514

241A95112

241A9466

241A93857

241A9431