“Visit Shymkent” Dasturi Taqdimoti

2025-yil 28-fevral kuni Tashqi siyosat va xalqaro iqtisodiy munosabatlar instituti, Turizm kafedrasi tashabbusi bilan Qardosh Qozog’iston xalqining “Visit Shymkent” dasturi taqdimoti bo’lib o’tdi.
Unda “Visit Shymkent” turistik informatsion markazining rahbari Erlan Umarov, “Versailles Travel” turkompaniyasining rahbari Nigina Inoyatova hamda malakali gid-ekskursovod Erjan Orınbasar Chimkent shahrining turistik salohiyati taqdimotini o’tkazdilar. Ushbu dastur orqali taqdimot ishtirokchilari, professor-o’qituvchilar, magistrant va talabalarga Chimkentning sayyohlik salohiyati, turizm sohasidagi yangi imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi.
Bundan tashqari, Turizm kafedrasining bir qator faol magistrant va talabalari O. G’ayratova, H. Xaydarova, S. Shuhratov, U. Mirzoyevlar TDSHUga biriktirilgan Yangiqo’rg’on, Chust, Rishton va Boysun tumanlarining turistik salohiyati bo’yicha o’z taqdimotlari bilan ishtirok etdilar.