Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Keksalarga G‘amxo‘rlik – Mehribon Jamiyat Asosi

2024-yil 8-aprel kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Sharq mamlakatlari iqtisodiyoti, siyosati va turizm fakulteti dekani Ch.Xusanov, fakultet Yoshlar masalalari bo‘yicha dekan o‘rinbosari O.Mardayev hamda fakultetning jamoatchi  talabalari Imron Rajaboyev va Elyor Ergashboyevlar  Mehr-muruvvat oyligi doirasida “Afrosiyob ” mahallasida istiqomat qiluvchi qariyalar holidan xabar oldilar.

Ushbu tashabbus SDG 3 (Sog‘liq va farovonlik) maqsadiga bevosita bog‘liq bo‘lib, u keksa insonlarning ruhiy va hissiy farovonligini oshirishga qaratilgan. Ijtimoiy muloqot va jamoat ko‘magi yolg‘izlikni kamaytirish, ruhiy salomatlikni yaxshilash va keksa insonlarning ularga mehribonlik qilinayotganini his qilishida muhim rol o‘ynaydi. Keksalarga g‘amxo‘rlik qilish sog‘lom va mehribon jamiyatni shakllantirish uchun juda muhimdir.

1 photo_2025-03-06_10-41-59

06.03.2025, 10:42 41