Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHUda Xitoyshunoslikka bag‘ishlangan xаlqaro ilmiy-amaliy konferensiya

2022-yil 19-noyabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “O‘zbekiston-Xitoy: tarixiy-madaniy, ilmiy-iqtisodiy aloqalarning rivojlanishi” mavzuida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Anjuman Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti tomonidan Lanchjou universiteti va Toshkent davlat universiteti qoshidagi Konfutsiy instituti bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Xitoyshunoslikning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan VI xalqaro konferensiyada Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi madaniyat bo‘yicha maslahatchisi janob Chi Zhinlin, Shanxay hamkorlik tashkilotining O‘zbekistondagi Xalq diplomatiyasi markazi direktori Sobirov Qobuljon Qosimovich ishtirok etdi. Xususan, Rossiya Federatsiyasi Fanlar akademiyasi, Qozon federal universiteti, Xitoyning Lanchjou universiteti professor-o‘qituvchilari va vakillari, Buyuk Britaniya, Chexiya, Shimoli-g‘arbiy milliy universiteti, Ozarbayjon arxitektura va qurilish universiteti, Abilayxon nomidagi Qozog‘iston Xalqaro munosabatlar va jahon tillari universitetlari vakillari, xalqaro tashkilotlar, turli vazirlik va idoralar vakillari, O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining soha mutaxassislari, O‘zbekiston-Xitoy Konfutsiy instituti xodimlari, rahbariyati, professor-o‘qituvchilari va tadqiqotchilar, TDSHU Xitoyshunoslik fakultetining talabalari qatnashdi.

Anjumanni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti fan va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Sayfullayev Durbek Baxtiyarovich kirish so‘zi bilan ochdi. D.Sayfullayev o‘z so‘zida O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi zamonaviy munosabatlarning o‘ziga xos xususiyatlari, mamlakatimizda Sinologiyaning rivojlanishi, xitoy tilini o‘qitish va o‘rganish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, TDSHU Xitoyshunoslik fakulteti faoliyati haqida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, Xitoyning nufuzli universitetlari bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish, qo‘shma ta’lim dasturlarini yaratish dolzarbligini ta’kidladi. Xalqaro konferensiyada xitoyshunoslikning dolzarb masalalari muhokama qilindi, ishtirokchilar ikki mamlakat oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy-gumanitar va madaniy aloqalarning bugungi holati, tarixi va istiqbollarini muhokama qildi, yangi istiqbolli hamkorlik yoʻnalishlar yuzasidan fikr almashildi.

Konferensiya yalpi majlisidan so‘ng ish seksiyalarda davom ettirildi. Konferensiya yakunida O‘zbekiston-Xitoy munosabatlarini yanada mustahkamlash, O‘zbekistonda xitoyshunoslik rivojlantirish va bu sohada malakali mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha amaliy taklif va xulosalar umumlashtirildi.

Konferensiyaning ilmiy maqolalari Google Scholar maʼlumotlar bazasida alohida toʻplam sifatida indekslandi, har bir ilmiy maqolaga DOI berildi, 115 nafar konferensiya ishtirokchilari sertifikatlar taqdim qilindi.

photo_2023-08-04_22-19-23

04.08.2023, 22:21 856