Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

Yosh tarjimashunoslar onlayn anjumani

14.04.2020, 22:47 E'lonlar, Ilmiy faoliyat 3017

Tarjimashunoslik kafedrasi “Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik” mutaxassisligi magistrantlari va “Tarjima nazariyasi va amaliyoti” yo‘nalishi talabalarining O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 29 yilligiga bag‘ishlangan yillik an’anaviy ilmiy-amaliy konferensiyasi – “Yosh tarjimashunoslar anjumani” mavzuli yillik an’anaviy konferensiyasi masofaviy tarzda o‘tkaziladi.

Konferensiyaning maqsadi tarjimashunoslik tarixi, tarjima tanqidi, badiiy tarjimaning lingvomadaniy aspektlari, zamonaviy nasr va she’r tarjimasi muammolari, muallif uslubini qayta yaratish, sinxron tarjima sohasini rivojlantirish, o‘zbek adabiyoti namunalarini sharq xalqlari tillariga tarjima qilish, shuningdek, sharq tillaridan o‘zbek tiliga badiiy tarjimani amalga oshirish bilan bog‘liq dolzarb muammolar hamda bu borada erishilgan yutuqlar doirasida talabalarnning fikr almashuvini ta’minlashdan iborat.

Kafedradagi “Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik” magistratura mutaxassisligi va “Tarjima nazariyasi va amaliyoti” yo‘nalishi talabalarining ma’ruzalari ilmiy maqola shaklida to‘planadi, asosan xorijiy sharq adabiyotni asliyatda o‘qish va tarjima qilish, tarjima adabiyotini targ‘ib qilish, kitobxonlik madaniyati va badiiy tarjima mahorati, o‘zbek adabiyoti namunalarini sharq xalqlari tillariga va sharq adabiyoti namunalarini o‘zbek tiliga tarjima qilishning dolzarb masalalari kabi mavzularga bag‘ishlanadi. Shuningdek, ma’ruzachilar orasida kafedraning 2019 yilda ochilgan yangi “Sinxron tarjima” magistratura mutaxassisligi talabalarining Sinxron tarjima sohasi tarixi va taraqqiyoti muammolariga bag‘ishlangan maqolalari bilan ishtirok etuvchi magistrantlar ham bor.

Facebook | Telegram | Instagram | YouTube

    WordPress Lab Quickshop – Responsive Shopify Sections Theme Quiety – Software & IT Solutions WordPress Theme Quill Blog – Responsive Minimal WordPress theme Quincy – Business Consulting WordPress Theme Quinnie – Plastic Surgery Clinic Elementor Template Kit Quinnie – Plastic Surgery Clinic FSE WordPress Theme Quiz and Contest Planner for WP Poll Quomodo – Business Consulting WordPress Theme Quota – Business & Corporate Responsive WordPress Theme Quote – Quotation or Survey Form Wizard