TDSHU va 30-sonli Mehribonlik uyi rahbariyati o‘rtasida 2021-2022- yillarda rejalashtirilgan tadbirning yo‘l xaritasi muhokama qilindi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2021-yil 28-iyuldagi “Nogironligi bo‘lgan, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan hamda yetim bolalarni davlat tomonidan qo‘llab quvvatlashning yangi tizimini joriy etish, shuningdek ijtimoiy nafaqalarni takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi videoselektor yig‘ilishi hamda vazirlikning 2021-yil 6-avgustdagi 339-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida TDSHU rektori G.SH.Rixsiyeva boshchiligida TDSHU jamoasi Yashnobod tumanidagi 30-sonli Mehribonlik uyiga tashrif buyurishdi. TDSHU va 30-sonli Mehribonlik uyi rahbariyati o‘rtasida 2021-2022- yillarda rejalashtirilgan tadbirning yo‘l xaritasi muhokama qilindi. Mehribonlik uyi kutubxona fondini boyitish maqsadida badiiy, ma’rifiy, ilmiy kitoblar sovg‘a qilindi. Mehribonlik uyi tarbiyachilarining kasb mahoratini o‘stirish yo’lida ularni TDSHU yetakchi professor-o‘qituvchilariga biriktirish masalasida kelishib olindi.