Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHU olimasi o‘quv qo‘llanmasiga GFRda patent berildi

05.01.2022, 21:43 Yangiliklar 1773

2021-yilning dekabr oyida Germaniya Federativ Respublikasida TDSHU f.f.d., Xitoy filologiyasi kafedrasi dotsenti Xoshimova Saboxat Abdullayevnaning “Xitoy tili” (2-qism, boshlang‘ich kurs) o‘quv qo‘llanmasiga patent berildi.

Qo‘llanma bakalavriat 60220300 – Tarix (Xitoy Xalq Respublikasi), 60411800 – Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik (Xitoy Xalq Respublikasi)  ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil oluvchi talabalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, “Xitoy tili” (1-qism) darsligining mantiqiy davomidir (TDSHI, 2017 y.).

“Xitoy tili” boshlang‘ich kurs uchun mo‘ljallangan darslik (2-qism) jami yigirma darsdan iborat. Har bir darsda mavzular bo‘yicha suhbat, yangi so‘zlar, grammatik izohlar, mashqlar berilgan. Iyerogliflarning o‘qilishi “Pinyin”, ya’ni Xitoyda va barcha taraqqiy etgan mamlakatlarda qabul qilingan o‘qish usuli orqali berilgan. Bundan tashqari, “Pinyin” xitoy tiliga xos ohang belgilari bilan ta’minlangan. Bular albatta, o‘quvchilarga tegishli mavzular bo‘yicha so‘zlarni to‘g‘ri o‘zlashtirilishi uchun ko‘mak beradi. Har bir darsdan keyin tegishli mavzu bo‘yicha so‘z va so‘z iboralarini mustahkamlashga qaratilgan bir qancha mashqlar ham berilgan.

Ta’kidlash joizki, hozirgi kunda bunday adabiyotlar o‘zbek tilida kam va ushbu  o‘quv qo‘llanma o‘zbekzabon talaba yoshlarning xitoy tili bo‘yicha bilimlarini yanada boyitishga va rivojlantirishga ko‘mak berishi kutilmoqda.

TDSHU Matbuot xizmati