Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“Turkologiya. Turkology” xalqaro ilmiy jurnalining 2024-yil 3-4-soniga maqola qabul qilinadi

26.11.2024, 11:25 E'lonlar 181

“Turkologiya. Turkology” xalqaro ilmiy jurnalining 2024-yil 3-4-soni, Turkiya tarixi, madaniyati, san’ati, tili, adabiyoti, iqtisodi va siyosatiga bag‘ishlanib, shu sohalarga oid maqolalar turk, o‘zbek va ingliz tillarida qabul qilinadi.

Jurnalning maxsus soniga mazkur yo‘nalishdagi maqolalar qabul qilinadi:
🔺 Turk tili va adabiyoti
🔺 Qiyosiy tilshunoslik va adabiyotshunoslik (turkiy xalqlar)
🔺 Turkiy manbalar matnshunosligi
🔺 Turkiya tarixi
🔺 Turkiy tillar tarixi
🔺 Turkiya madaniyati va san’ati
🔺 Turkiya iqtisodiyoti
🔺 Turkiya siyosati
🔺 Tarjimashunoslik (Turkiy tillar)
«Turkologiya. Turkology» xalqaro ilmiy jurnalida chop etish uchun beriladigan maqolalarga qo‘yiladigan talablar axborot xatida berilgan.

Jurnal O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi ilmiy natijalarni chop etishni tavsiya qilgan ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan.

🔄Ilmiy maqolalar 2024-yil 5-dekabrga qadar qabul qilinadi

Axborot xati

🗣Ilmiy maqolalarni yuborish uchun havola: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLScoXIjcHwV1eo6RatxKvtylTCvBuA6tGXRVbQm2sZBO7h0xxw/viewform