Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Xalqaro ta’lim forumi

TDSHU rektorining 2022 yil 17-avgustdagi 56-x/s sonli Ozarbayjon Respublikasining Baku shahridagi G‘arbiy Kaspiy universitetiga xizmat safariga yuborish haqidagi buyrug‘iga binoan, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti “Xalqaro reytinglar bilan ishlash” bo‘limi boshlig‘i N.A.Imamova va “Tashqi iqtisodiy faoliyat va turizm” kafedrasi mudiri Z.A.Qodirova 2022-yilning 27-29 sentabr kunlari Ozarbayjon Respublikasining Baku shahridagi G‘arbiy Kaspiy universitetiga Times Higher Education reyting agentligining “University Impact Forum: Quality Education 2022 (Universitet ta’sir forumi: Ta’lim sifati 2022)” forumida ishtirok etdilar.

2022-yil 27-sentabr kuni N.A.Imamova va Z.A.Qodirova G‘arbiy Kaspiy universiteti rektori va dekanlari bilan yaqindan tanishib, hamkorlik bo‘yicha muzokaralar olib bordilar. Shuningdek, Times Higher Education reyting agentligining  Mintaqaviy direktori Lachyn Italmazova hamda agentligining xodimlari bilan birgalikda THE Impact Ranking 2023 bo‘yicha seminarlarda  qatnashdilar.

2022 yil 28-29 sentabr kunlarii Times Higher Education reyting agentligining “University Impact Forum: Quality Education 2022 (Universitet ta’sir forumi: Ta’lim sifati 2022)” forumining asosiy ma’ruzalari bo‘lib o‘tdi. Mazkur forumda N.A.Imamova va Z.A.Qodirova TDSHU tomonidan o‘z fikr va mulohazalari bilan qatnashdilar.

Forum davomida N.A.Imamova va Z.A.Qodirova joriy 2022-yilda THE Impact Ranking 2023 uchun taqdim qilinadigan ma’lumotlar bo‘yicha taqdimotlarda, muzokaralarda qatnashdilar.

photo_2023-08-10_11-32-49

10.08.2023, 11:33 554