Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHUning Urganch kollejiga tashrifi

BMTning BRM 4 – “Ta’lim sifatini oshirish” doirasida 2022-yil 6-may kuni TDSHU Xitoy filologiyasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari kollej rahbariyati bilan hamkorlik va o‘quv jarayonini takomillashtirish yuzasidan suhbat o‘tkazish, hamda talabalarga “O‘zbekiston Respublikasida sharqshunoslikning rivojlanishi” mavzusida ma’ruza o‘qish maqsadida Urganch Sharq tillari va xizmat ko‘rsatish kollejiga tashrif buyurdilar. Tashrif davomida, mazkur texnikum direktori D.Matkarimov texnikumning professor-o‘qituvchilari, jami o‘quvchilar soni va erishgan yutuqlari haqida ma’lumot berdi. O‘z navbatida Xitoy filologiyasi kafedrasi mudiri S.Nazarova kafedraning yosh o‘qituvchilariga chet tili darslarida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar berdi. Suhbat va ma’ruza davomida universitetning tarkibi va mutaxassislik yo‘nalishi haqida umumiy ma’lumot beriladi. Tadbir davomida Xitoy filologiyasi kafedrasi o‘qituvchilari  D.Raxmatullaeva, K.Dana va X.Yusupovalar “O‘zbekiston Respublikasida sharqshunoslik fanining rivojlanishi” mavzusida texnikum talabalari va professor-o‘qituvchilari uchun ma’ruza qildilar. O‘quvchilar katta qiziqish bildirdilar va o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

photo_2023-07-29_12-50-50

29.07.2023, 12:51 554