Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Hindiston madaniyat markazidan tuhfa

04.03.2020, 10:02 Yangiliklar 2210

Hindistonning Ozbekistondagi elchixonasi va Lal Bahadur Shastri nomidagi Hindiston madaniyat markazi tomonidan Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyo tillari kafedrasi qoshidagi Maxatma Gandi hindshunoslik markaziga 5.500 AQSh dollari qiymatidagi elektron doska sovg‘a qilindi. Kompyuter, televizor, proektor, radio va boshqa bir qancha vazifalarni bajaruvchi ushbu doska talabalarga hindiy tilini chuqur o‘rganish, ayniqsa, internet yordamida hindiy tilini jonli tinglash va bu orqali talaffuzni yaxshilash, hind madaniyati, urf-odatlarini o‘rganish kabilarni o‘zlashtirishda juda yaxshi va qulay amaliy yordam ko‘rsatadi.
Elektron doskani rasmiy topshirish marosimida L.B.Shastri nomidagi Hindiston madaniyat markazi direktori, professor Chandra Shekxar janobi oliylari hamda Toshkent davlat sharqshunoslik instituti Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor E.Maxmudov, Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyo tillari kafedrasi mudiri U.Muxibova, kafedra o‘qituvchilari va talabalar ishtirok etdilar.
L.B.Shastri nomidagi Hindiston madaniyat markazi direktor Chandra Shekxar O‘zbekistonda hindiy tilini o‘qitish bo‘yicha yetmish yildan ortiq tajribaga ega bo‘lgan sharqshunoslik institututining hindshunoslari ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stlik va ilmiy aloqalarining rivojiga juda katta hissa qo‘shib kelayotganlarini alohida ta’kidlandi.