Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Magistraturaga kirish imtihonlari sanasi belgilandi

23.06.2020, 14:40 Yangiliklar 2018

Magistraturaga kirish imtihonlari 2020-yil 3-20-avgust kunlari o‘tkaziladi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining tashabbbusi bilan:

❇️ 2020-yil 25-iyunga qadar magistraturaga kirish sinovlari uchun tegishli mutaxassisliklar sohalarida talabgorlarning ilmiy-pedagogik layoqati (yoki ilm olish qobiliyati)ni hamda xorijiy tilni bilish darajasini aniqlaydigan testlar bazasi (to‘plami) shakllantiriladi.

❇️ Istisno tariqasida, koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish chora-tadbirlaridan kelib chiqib, 2020/2021 o‘quv yili uchun magistraturaga kirish imtihonlari 2020-yil 3-20-avgust kunlari o‘tkaziladi.

❗️Eslatib o‘tamiz, joriy yilda magistratura mutaxassisliklariga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy veb-sayti www.edu.uz orqali amalga oshiriladi.

❇️ Hujjatlar 2020 yil 1-iyuldan 30-iyulgacha qabul qilinadi.