Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHU DELEGATSIYASI QOHIRADAGI ХALQARO KITOB YARMARKASIDA QATNASHDI

06.02.2023, 13:12 Yangiliklar 1301

2023- yilning 4- fevral sanasida TDSHU rektori G.Rixsiyeva boshchiligida Misr Arab Respublikasida xizmat safarini davom ettirayotgan universitet delegatsiyasi, Qohira shahrida an’anaviy tarzda har yili tashkil etiladigan xalqaro kitob ko‘rgazmasida bo‘ldi.

photo_2023-02-05_23-57-35

Ko‘rgazma keng doirada o’tkazilib, jami 5 ta pavilyonda o‘z ishini olib boradi. Har bir zalda minglab nashriyot va tashkilotlar o‘z nashrlarini namoyish etadi. 12 kun davom etadigan mazkur ko‘rgazmada har kuni 200-250 ming odam tashrifi kuzatiladi.

photo_2023-02-06_00-00-03
TDSHU delegatsiyasi ko‘rgazma bilan tanishib, arab adabiyoti, xususan, arab aruz ilmi, arab tili, xalqaro munosabatlar kabi kitoblar, shuningdek, badiiy adabiyotlarni oldilar.

photo_2023-02-05_23-59-53
Ko‘rgazma doirasida har kuni ko‘plab ilmiy muhokamalar, adabiy kechalar, madaniy tadbirlar o’tkazilishi olimlar, shoirlar va yoshlarning yuzma- yuz uchrashuvlari, kitobga mehr uyg‘otishda, tarbiyaviy ishlarda juda yaxshi maydon vazifasini bajarishi kuzatildi.

photo_2023-02-06_00-00-10