Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHU o‘qituvchisi Malang Islom universiteti xalqaro konferensiyasida

27.11.2021, 16:44 Yangiliklar 1496

TDSHUning xalqaro hamkor muassasalaridan biri, Indoneziyaning Malang islom universitetida joriy yilning 26-27-noyabr kunlari “Second ICON-LLCE: strengthening bahasa Indonesia as an international language through culture, literature and language diplomacy” nomli xalqaro konferensiya o‘tkazildi.

3

Konferensiyada TDSHU Janubiy va Janubiy Sharqiy Osiyo tillari kafedrasi o‘qituvchisi Samigov Boburjon ekspert hamda asosiy ma’ruzachi sifatida ishtirok etdi. Uning “Essential factors of enhancing the BIPA functions in the international scope: diplomatic, educational, cultural and philosophical signification” nomli taqdimotida O‘zbekistonda, xususan, TDSHUda indonezshunoslikning bugungi holati, sohaning rivoji, BIPA (Chet eldagi indonez tilida so‘zlashuvchilar) dasturining indonez tilini xalqaro til sifatida kengayishidagi o‘rni hamda sohaga oid tadqiqotlarni chuqur o‘rganilishida ushbu xalqaro konferensiyaning ahamiyati haqida ta’kidlab o‘tildi.

2

4

TDSHU Matbuot xizmati